Oshirilgan to'lov-kontrakti
Oshirilgan to’lov-kontrakt bo’yicha belgilangan kvotadan tashqari o’qishga ariza topshirish tartibi:
Ariza berish uchun:
1. Rektor nomiga yozilgan ariza shaklini yuklab oling;
2. Arizani namunaga muvofiq qo’lda to’ldiring visit. Aloqa uchun telefon raqam va e-mail aniq ko`rsatilishi lozim;
3. To’ldirilgan arizani skanerlang, uni PDF formatida saqlang;
4. PDF formatdagi arizani va DTM ruxsatnomasini (PDF formatda) tdsi_kontrakt@mail.ru manziliga yuboring;
5. Taqdim etilgan ariza ko’rib chiqiladi va javob 3 ish kuni davomida arizachining elektron pochtasiga yuboriladi.
TDSI qabul komissiyasi sizga elektron pochtangizni muntazam tekshirib turishni va institut saytiga (tsdi.uz) kirishni tavsiya etadi.
Eslatma: Oliy ta’lim muassasalari qo’shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko’rsatkichlarga muvofiq to’plagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo’lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiradilar (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyun 393-sonli qarori).
Oshirilgan to’lov-kontrakt miqdori amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
to’plagan ballari tasdiqlangan to’lov-kontrakt bo’yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo’yicha to’lov-kontrakt shartlari birinchi o’quv yili uchun to’liq bajarilgandan so’ng abituriyent oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan o’qishga qabul qilinadi.
Qo’shimchа ma’lumotlar uchun telefon raqamlar:
(99) 366 23 55
(99) 866 23 55
(99) 855 23 55
(99) 300 23 55
(99) 977 23 55