O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi
- "O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
- O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so'l tomonida bug'doy boshoqlari, o'ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.
- Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan\: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug' ramzidir.
- Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
- Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O'zbekiston” deb yozib qo'yilgan.