Xorijiy fuqarolarga
Xorijiy fuqarolardan TDSI kirish imtihonlariga qabul qilish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati
1. TDSI rektori nomiga ariza rangli PDF formatda (ariza namunasi yozma ravishda to’ldiriladi va PDF formatda ugiriladi);
2. O’rganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholari (ballari) ko’rsatilgan ma’lumotnoma asl nushasi (attestat, diplom), notarius tomonidan rus yoki o’zbek tilida tasdiqlangan rangli PDF formatda (ma’lumotnoma rus yoki o’zbek tilida bo’lsa notarial tasdiqlash talab qilinmaydi);
3. Sog’lig’i holati to’g’risidagi tibbiy ma’lumotnoma, MDH mamlakatlari uchun 086U-sonli tibbiy ma’lumotnoma, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining OITSga qarshi kurash markazining yoki yashash joyidan tibbiy ma’lumotnoma rangli PDF formatda;
4. Pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma rangli PDF formatda;
5. Fotosurat 4 x 6 o’lcham JPEG formatda.
Shakillantirilgan rangli PDF ma’lumotlar va fotosurat quydagicha alohida nomlanadi:
Ariza
Diplom yoki attestat
Tibbiy ma’lumotnoma va OITS
Pasport
Fotosurat
va yagona ZIP yoki RAR formatda abiturient ismi, sharifi va ta’lim yo’nalishi ko’rsatilgan holda qabul2022@mail.ru elektron manzilga yuboriladi.
Xorijiy fuqaro (abiturient) ko’rsatilgan elektron manzilga ma’lumotlarni yuborgandan so’ng 2 ish kuni mobaynida TDSI qabul hayati tomonidan o’rganib chiqiladi va hujjatlarning to’liq va tog’ri yoki kamchiliklari tog’risida xabar yuboriladi.
Xorijiy fuqaro (abiturient) ko’rsatilgan elektron manzilga yuborgan ma’lumotlar to’liq va tog’ri bo’lgan abiturientga ro’yxat raqami (registratsiya raqami) beriladi.
Ro’yxatdan o’tgan xorijiy fuqaro (abiturient)larga keyingi bosqichlardagi ma’lumotlar xorijiy fuqaro (abiturient) ma’lumot yuklagan elektron manzil orqali xabar qilinadi.
Bir o’quv yili uchun o’qish narxlar (2022/2023 o’quv yili uchun):
Bakalavriat: yashash uchun ruxsatnomasiz chet el fuqarolari uchun – 38 092 800 so’m;
Yashash huquqiga ega xorijiy fuqarolar uchun – 20 316 160 so’m;
Magistratura: yashash uchun ruxsatnomasiz chet el fuqarolari uchun – 41 902 080 so’m;
Yashash huquqiga ega xorijiy fuqarolar uchun – 22 220 800 so’m;
Qo’shimcha ma’lumot uchun Call-markazga murojaat qiling:
+998 93 579-23-55
+998 93 547-23-55
+998 93 560-23-55
+998 93 587-23-55
+998 93 576-23-55
+998 93 568-23-55
+998 93 549-23-55